Favqulodda vaziyatlar vazirligi saytida Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazining xabari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 19−21 iyun kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Xabarnomada tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi hushyorlikka chorlangan holda zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda FVVning (+99871) 147−10−50 «Tezkor raqam"iga murojaat etish so‘ralgan.