Oliy Majlisning yuqori palatasi — Senat shu kunga qadar Tashqi ishlar vazirligi joylashgan binoga ko‘chmoqda. Bu haqda «Xalq so‘zi Online» manbasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, endilikda Parlament yuqori palatasi Islom Karimov ko‘chasidagi 9-uyga joylashadi. Tashqi ishlar vazirligi esa Xalq bankining bosh ofisiga ko‘chadi.

Xalq banki manbasi bergan xabarga ko‘ra, bank allaqachon shahar markazidagi binoni bo‘shatib bergan. Endilikda bankning bosh ofisi Chilonzor ko‘chasidagi (omma tilida Chilonzor savdo markazi («Torgovыy sentr») nomi bilan mashhur) o‘zining eski ofisiga qaytgan.