O‘zbekiston — Rossiyadan pul jo‘natmalari hajmi bo‘yicha MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinda. Bu haqda Rossiya Markaziy bankining birinchi chorakka oid hisoboti guvohlik bermoqda.

Jismoniy shaxslar O‘zbekistonga jami 726 mln dollar yubordi. O‘rtacha jo‘natma 314 dollarni tashkil etdi.

Rossiya fuqarolari esa mamlakatga 200 mln dollar yoki o‘rtacha 216 dollardan jo‘natgan. Norezidentlar O‘zbekistonga 525 mln dollar yoki o‘rtacha 380 dollardan yuborgan.

Rossiyadan pul jo‘natishlar hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Tojikiston egalladi. Birinchi chorakda qo‘shni respublikaga 487 mln dollar yuborilgan. Qirg‘iziston 434 mln dollar, Armaniston — 209 mln dollar, Ozarbayjon — 191 mln dollar, Ukraina — 158 mln dollar, Qozog‘iston — 143 mln dollar, Moldova — 109 mln dollar, Belarus — 73 mln dollar qabul qilib oldi.

MDH mamlakatlari ro‘yxatini Turkmaniston 200 ming dollar bilan yakunladi.

Avvalroq O‘zbekiston Markaziy banki yanvar-aprel oylarida jismoniy shaxslar 1,3 mlrd dollar pul o‘tkazmalarini amalga oshirganini ma’lum qilgan edi.