Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari may oyida bir oy avvalgiga nisbatan 2 foizga oshib, kvadrat metri uchun 605 dan 620 sh. b. ga qimmatlashdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Aprel yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartiralar narxi o‘zgarishsiz — 655 sh. b. qolgan bo‘lsa, panel turdagilari narxi ham 3 foizga qimmatlab, 598 sh. b. ga ko‘tarildi.
Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 608 sh. b. (+3 foiz), ikki xonali — 612 (+3 foiz), uch xonali — 624 (o‘zgarishsiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 620 (+2 foiz).

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.