19 iyun kuni Toshkentga Janubiy Koreyaning Hyundai Motor Group kompaniyasi prezidenti Song Kvon Han boshchiligidagi delegatsiya keladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Tashrif dasturiga ko‘ra «O‘zavtosanoat» AJ rahbariyati, shuningdek qator vazirlik va idoralar ishtirokida O‘zbekiston hukumatida uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.
Hyundai Motor Group — Janubiy Koreyaning eng yirik, dunyodagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri. Guruh 1998 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘shanda Hyundai Mottor Company Kia Motors kompaniyasining 51 foizlik aksiyalarini sotib olgan edi. Kompaniya avtomobil ishlab chiqarishdan tashqari, qurilish, moliya, metallurgiya va boshqa sohalarda ham faoliyat olib boradi.
Avvalroq esa O‘zbekistonda Hyundai yuk mashinalari, mikroavtobuslari va maxsus texnikalarini ishlab chiqarish rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.