Mazkur bahs asosan yevropaliklarning ustunligi ostida o‘tdi. Ular birinchi taymning o‘zidayoq hisobni ochishlari mumkin edi. Ammo yuzaga kelgan imkoniyatlardan shvedlar unumli foydalana olishmadi.

64-daqiqada Kim Min U o‘z jarima maydonchasida Klassonni yiqitdi. Dastlab hakam bu vaziyatda penalti belgilashga jazm etmadi. Biroq takroriy lavhani ko‘rgach, fikrini o‘zgartirdi. Grankvist 11 metrli jarimadan aniq foydalanib, hisobni ochdi.

O‘yin oxiriga qadar ikki tomon ham harchand urinmasin, vaziyatni o‘nglashning imkoni bo‘lmadi va Shvetsiya uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Shvetsiya — Janubiy Koreya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 — 65, penalti Grankvist.

Shvetsiya — Olsen, Yansson, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Klasson, Ekdal (Xilemark, 71), Larsson (Svensson, 81), Forsberg, Berg, Toyvonen (Telin, 77).

Yujnaya Koreya — Chjo Xen U, Kim Yen Gvon, Pak Chju Xo (Kim Min U, 28), Li Yen, Chjan Xen Su, Ki Son Yen, Ku Chja Chxol (Li Sыn U, 72), Li Chje Son, Xvan Xi Chxan, Son Xыn Min, Kim Sin Uk (Chjon U Yen, 66).

Ogohlantirishlar: Kim Sin Uk (12), Xvan Xi Chxan (55), Klasson (61).