Samarqanddagi «Sam suzani plyus» klinikasida sun’iy abort yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullanilgan, zaif bolalarning jasadi yoqib yuborilgan. Mazkur ma’lumotlar «Huquq» gazetasining 14 iyundagi sonida e’lon qilindi.

Feral oyining oxirida mutaxasissligi bo‘yicha bolalar vrachi bo‘lgan, mazkur klinikaning bosh vrachi vazifasida ishlab kelgan Nigora Solixonova 13 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Akusher ginekolog D. Najimova esa 13 yilu 6 oyni qamoqda o‘tkazadigan bo‘ldi. Shuningdek uyushgan guruhning boshqa a’zolari ham jazoga tortildi.

Samarqand tug‘uruq majmuasida ishlagan D. Najimova noixtiyoriy tarzda yuzaga kelgan homiladorlikdan xalos bo‘lish uchun qilinadigan, biroq bunday ko‘rinishdagi abortga tibbiyot ruxsat bermaydigangan holatlar bo‘yicha murojaat yuzasidan kelgan ayollar bilan muzokara o‘tkazuvchi asosiy shaxs bo‘lgan. Ma’lum bir summaga kelishilganidan keyin Najimova ayollarni Solixonovaning klinikasiga olib kelgan. Homila turli yo‘llar bilan yo‘q qilingan, pul esa guruh a’zolari tomonidan o‘zaro bo‘lib olingan.

Ma’lumotlarda keltirilishicha, shifoxona xodimlari tirik tug‘ilgan chaqaloqlarni soxta hujjat bilan 500 AQSH dollaridan 2000 AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda farzandsiz oilalarga pullash bilan shug‘ullanib kelishgan. Masalan, N. Solixonova 2014 yilning fevralida tug‘ilgan bolani 2500 dollarga sotgan.

Jinoiy guruh farzand umidida murojaat qilgan fuqarolardan pullar olib, sun’iy yo‘l bilan abort qilingan bolalarni sotib kelgan. Buning uchun soxta hujjatlar tayyorlangan. Surishtiruvlar natijasida bu kabi holatlar bir necha bor sodir bo‘lgani ma’lum qilindi.

Klinika sun’iy abort bo‘yicha o‘rnatilgan tibbiyot qoidalariga umuman e’tibor qilmagan. Bir ayol homiladorlikning 27−28 haftasida murojaat qilgan. Klinika abort uchun 500 dollar olgan. Yashashi mumkin bo‘lgan qizaloq «xaridorning» yo‘q bo‘lib qolishi natijasida och qoladi. O‘z navbatida N. Solixonovaning topshirig‘i bilan chaqaloq D. Najimova ishlaydigan tug‘uruq majmuasiga jo‘natiladi. Chaqaloq esa pechda yoqib yuboriladi.

2016 yildan beri «Sam suzani plyus» klinikasida farrosh bo‘lib ishlagan, sudda guvoh sifatida qatnashgan ayol shunday deydi: «Biz (boshqa farrosh bilan — tahr.) asosan tug‘uruqdan keyin tozalash bilan shug‘ullunganmiz.

Shuningdek bemorga ovqat berganmiz va uning holatini kuzatib turganmiz. O‘lik tug‘ilgan chaqaloqlarni choyshabga o‘rardik yoki 18-xonadagi muzlatgichga qo‘yardik. Yashab qolgan, biroq zaif bolalarni ham o‘sha yerga olib borardik. Agarda bolaning yashab qolishi mumkinligini ko‘rsak, ularni pechka bilan isitiladigan xonaga joylashtirardik. Men tirik qolgan va vafot etgan chaqaloqlar bilan keyinchalik nima bo‘lganini bilmayman".