Rossiyada o‘tkazilayotgan jahon chempionatining guruh bosqichida bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi. Ayniqsa kechagi natijalar aksariyat ishqibozlar uchun syurpriz bo‘lganiga shubha yo‘q.
O‘z navbatida mamlakat tarixidagi eng kuchli tarkibiga ega bo‘lib turgan Belgiya terma jamoasining Panama bilan o‘yinidan oldin ko‘pchilikni bir savol qiynay boshladi: bugun ham sensatsiya bo‘ladimi?

Birinchi bo‘limda yevropaliklar yaqqol ustunlik qilishdi. Amerikaliklar esa kutilganidan himoyaga tayangan holda o‘ynadilar va ular 1-taymni durang natija bilan yakunlashga erishdilar.

Ikkinchi taym boshlanishi bilan bugun Belgiyani to‘xtatib qolishning imkoni yo‘qligi ma’lum bo‘lib qoldi — 47-daqiqadayoq Mertens hisobni ochdi.

Shundan so‘ng 69 va 75-daqiqalarda Lukaku ikki gol kiritib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Belgiya — Panama 3:0 (0:0, 3:0)

Gollar: 1:0 — 47 Mertens, 2:0 — 69 Lukaku, 3:0 — 75 Lukaku.

Belgiya — Kurtua, Alderveyreld, Boyata, Vertongen, Mene, de Bryuyne, Vitsel (Shadli, 90), Ferreyra Karrasko (Dembele, 74), Mertens (Azar, 83), Azar, Lukaku.

Panama — Penedo, Murilo, Torres, Eskobar, Devis, Gomes, Barsenas (Torres, 63), Kuper, Godoy, Rodriges (Dias, 63), Peres (Texada, 73).

Ogohlantirishlar: Mene (14), Devis (18), Barsenas (45), Kuper (49), Murilo (51), Godoy (57), Vertongen (59), de Bryuyne (88).