Rossiyada o‘tkazilayotgan jahon chempionatining saralash bahslari davom etmoqda. Bugungi kunni Kosta-Rika — Serbiya terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv ochib berdi.

Kuchlari teng deya baholangan ikkala jamoa ham o‘yinni faol boshlashga harakat qildi. Bir yevropaliklar hujum qilishsa, markaziy amerikaliklar ham ulardan ortda qolmaslikka intildilar.

1-taym statistikasiga nazar soladigan bo‘lsak, kosta-rikaliklarning kichik ustunligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
Uchrashuvning 56-daqiqasida Aleksandr Kolarov raqib darvozasi tomon belgilangan jarima zarbasini juda ham ajoyib tarzda amalga oshirdi va bu orqali o‘z jamoasiga uch ochko olib keldi.

Ta’kidlash o‘rinli, o‘yin oxirida bosh hakam ikki bor videotakrorga murojaat qildi. Biroq har ikki safar ham keskin chora qabul qilgani yo‘q.

Kosta-Rika — Serbiya 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 — 56 Kolarov.

Kosta-Rika — Navas, Gonsales, Duarte, Kalvo, Akosta, Venegas (Bolanos, 60), Borxes, Ruis, Gusman (Kolindres, 73), Gamboa, Urenya (Kempbell, 67).

Serbiya — Stoykovich, Milenkovich, Kolarov, Ivanovich, Toshich, Milinkovich-Savich, Matich, Tadich (Rukavina, 83), Milivoyevich, Lyayich (Kostich, 70), Mitrovich (Priyovich, 90).

Ogohlantirishlar: Kalvo (22), Gusman (56), Ivanovich (59), Priyovich (90).

Video