Rossiyada o‘tkazilayotgan jahon chempionati bahslari doirasidagi Peru — Daniya o‘yinida yevropaliklar ustun keldi.

Uchrashuvning birinchi taymida peruliklarda hisobni ochish imkoni bo‘lgandi. Mundialda ikkinchi marta videotakror yordamida penalti belgilandi. Biroq Kristian Kueva 11 metrlik zarbani golga aylantira olmadi.


Ikkinchi bo‘limida Poulsen tomonidan kiritilgan gol uchrashuvda yagona bo‘lib qoldi.

Peru — Daniya 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 — 59 Poulsen.

Peru — Galese, Rodriges, Trauko, Advinkula, Ramos, Flores (Gerrero, 62), Tapiya (Akino, 87), Karrilo, Kueva, Farfan (Ruidias, 85), Yotun.

Daniya — Shmeyxel, Ker, Larsen, Dalsgor, Kristensen (Yorgensen, 81), Kvist (Shene, 36), Dileyni, Eriksen, Sisto (Breytueyt, 67), Yorgensen, Poulsen.

Ogohlantirishlar: Tapiya (38), Dileyni (86), Poulsen (90).