Kecha Rossiya-Saudiya Arabistoni o‘yini bilan boshlangan jahon chempionati bahslari bugun davom ettirildi. «A» guruhidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuvda Misr terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushdi.

Misrning asosiy yulduzi bo‘lgan Muhammad Salohning mazkur bahsda maydonga tushishi so‘roq ostida edi va yakunda u o‘yinda qatnasha olmadi.

Uchrashuv oldidan favorit sifatida e’tirof etilgan Urugvay terma jamoasi o‘yin boshidanoq tashabbusni o‘z qo‘liga olishga harakat qildi. Ammo 1-bo‘limda hisob ochilmadi.

1-taymda ham ishqibozlar asosan janubiy amerikaliklarning hujumlariga guvoh bo‘lishdi. Darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan Suares uni aldab o‘tolmagan bo‘lsa, Kavanining ikkita xavfli zarbasi ham golga aylanmadi.

O‘z navbatida Misr bosh murabbiyi durang natijani saqlab qolishga harakat qildi. Uchrashuv shu hisob bilan yakunlanadigandek tuyulayotgan bir vaziyatda Urugvay himoyachisi Ximenes katta sahnaga chiqdi. U jarima zarbasidan oshirilgan to‘pni to‘rga aniq yo‘llab, jamoasiga uch ochko keltirdi.

«A» guruhi

Misr — Urugvay 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 — 90 Ximenes.

Misr — Shanaviy, Gabr, Abdul Shafiy, Fathi, Xegazi, El Nenni, Hamid (Morsiy, 50), Said, Uarda (Sobhiy, 82), Trezege, Muhsin (Kaxraba, 63).

Urugvay — Muslera, Ximenes, Kaseres, Varela, Godin, Nandes (Sanches, 58), Bentankur, Vesino (Torreyra, 87), de Arraskaeta (Rodriges, 59), Suares, Kavani.

Ogohlantirishlar: Morsiy (90), Xegazi (90).