Marokash terma jamoasi mundial saralashida O‘zbekistondan har ikki o‘yinda ustun kelgan Eron terma jamoasiga qarshi maydonga chiqdi.

Uchrashuv oldidan ko‘pchilik ekspertlar Eron terma jamoasining imkoniyatlarini yuqori baholagandi va bu fikrlar bahs davomida ham o‘z tasdig‘ini topdi.

1-taymdagi eng xavfli vaziyat Sardor Azmun ishtirokida bo‘ldi. Qozonning «Rubin» klubi vakilining darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib bergan zarbasini raqib posboni bartaraf etdi.

Ikkinchi taymda forslar bosimni kuchaytirdi, marokashliklar esa durang natijani saqlashga qarshi emasliklarini ko‘rsatib turdilar.

Uchrashuv 0:0 bilan yakunlanadigandek tuyulayotgan bir vaziyatda Marokash terma jamoasi himoyachisi Buxadduz jarimadan uzatilgan to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. Afrikaliklarda hisobni tenglashtirish uchun vaqt yetmadi.

Marokash — Eran 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 — 90, avtogol Buhadduz.

Marokash — Muhammadiy, Amrabat (Amrabat, 76), Benatiya, Saiss, Hakimiy, Ahmadiy, Bussufa, Ziyesh, Belhanda, Xarit (da Koshta, 82), Kaabiy (Buhadduz, 77).

Eron — Beyranvand, Rezayan, Puraliganji, Chashmiy, Hajsafiy, Ibrohimiy (Husayniy, 80), Jahonbaxsh (Goddos, 85), Shojayi (Tarimiy, 68), Amiriy, Ansarifard, Azmun.

Ogohlantirishlar:

Shojayi (10), Ahmadiy (34), Jahonbaxsh (47), Ansarifard (90).