12 iyun kuni erta tongda O‘zbekiston masjidlarida Ramazon hayiti munosabati bilan bayram namozi o‘qildi.

Namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida barcha zarur ishlar amalga oshirildi. Masjidlarga tutash ko‘chalar vaqtincha yopilib, namozxonlar uchun joy ajratildi. Ichki ishlar, sog‘liqni saqlash va boshqa mutasaddi idoralar vakillari navbatchiligi tashkil etildi.

Hayit namozidan avvalgi amru-ma’ruflarda Ramazon hayiti bayramini munosib nishonlash, bu kunni yaxshi kayfiyatda o‘tkazish, barcha kin-adovatlarni unutish lozimligi ta’kidlandi.

«Gazeta.uz» tahririyati nomidan yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bilan muborakbod etamiz.