Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni marhum qori xonadoniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qur’on tilovat qilindi.
Davlatimiz rahbari Anvar qorining farzandlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov og‘ir xastalikdan so‘ng 13 iyun kuni vafot etgan edi.
1999 yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Anvar qori Tursunov so‘nggi yillarda «Minor» jome’ masjidida ham imom-xatib edi.