Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili iste’foga chiqayotganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti. Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq amaldor hamkasblari bilan kelishmovchiliklar sabab bu qarorga kelgan.

«Men jamoaning kayfiyatini bilib turibman va mening o‘rnimda bo‘lgan har qanday rahbar qabul qiladigan qarorga keldim», — dedi Georgiy Kvirikashvili brifingda.

Gruziya konstitutsiyasiga ko‘ra, bosh vazirning iste’foga chiqishi ortidan hukumat tarqatib yuboriladi. Shundan so‘ng yetti kunlik muddat ichida parlamentga tasdiqlash uchun yangi hukumat rahbarligiga nomzodni taqdim etishi kerak va u parlamentning ko‘pchilik ovozi bilan lavozimga tayinlanadi.

Georgiy Kvirikashvilining aytishicha, bundan oldin parlament va hukumat rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, unda yaqinda siyosatga qaytgan, «Gruzinskaya mechta» partiyasining asoschisi va rahbari Bidzina Ivanishvili ham qatnashgan. Kvirikashvili oxirgi bir necha oylar ichida bir necha fundamental masalalar ko‘tarilganini va ularni hal qilishda Ivanishvili bilan pozitsiyalar yakdilligi kuzatilmaganini ta’kidladi.

«Bu normal jarayon. Men hech qachon bahs-munozaralardan qochmayman. Bugun shunday kun keldiki, partiya rahbari o‘zining qarashlaridan kelib chiqqan holda jamoani shakllantirishi kerak», — dedi endilikda sobiqqa aylangan vazir.

31 may kuni Tbilisida «adolatni tiklash» va bosh vazirni iste’fosini talab qilingan holda o‘tkazilayotgan keng miqyosdagi norozilik namoyishlaridan so‘ng hukumat iste’fosi muhokama qilina boshlagandi. Namoyish tashkilotchisi 16 yoshli o‘g‘lidan ajralib qolgan Zaza Saralidze bo‘ldi.

Mazkur qotillik Gruziyada oxirgi yillardagi eng ko‘p muhokama qilingan jinoiy ish bo‘ldi. Oradan yarim yil o‘tgach sud Dadunashvilini o‘ldirgan o‘smirni 10 yilu olti oyga ozodlikdan mahrum etdi. Ikkinchini esa Saralidzeni o‘ldirishga uringani uchun 9 yilu to‘qqiz oyga hukm qildi. Saralidzeni kim o‘ldirgani haqidagi savol esa javobsiz qoldi.

Noroziliklar ortidan Gruziya bosh prokurori Irakliy Shotadze iste’foga chiqdi. Shundan so‘ng namoyishchilar Adliya va Ichki ishlar vazirliklari ham butun hukumatning iste’fosini talab qila boshlashdi.