O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12−13 iyun kunlari amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan loyihalar hamda shahar va qishloqlarni obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatiga safar qildi.

Prezidentning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona safari yakunlandi va u Toshkentga qaytib keldi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Mirziyoyev Farg‘onaning diqqatga sazovor joylarini ko‘zdan kechirish bilan birga Oltiariq tumanida Farg‘ona viloyati faollari, mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.