Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Moskvada bo‘lib o‘tgan FIFA kongressining majlisida chiqish qildi. Bu haqda sports.ru sayti xabar berdi.

«Futbolga oshno bo‘lganlar barcha insonlar uchun ajoyib lahzalar bo‘lgan ushbu forumga bir necha soatlar qoldi. Biz bunga katta bir jamoa bo‘lib hozirlik ko‘rdik. Ushbu futbol festivaliga tayyorgarlik ko‘rish barcha futbol oilasi ko‘magida amalga oshadi.

Infantino FIFAning eng qiyin damlarida boshqarib kelmoqda. Ammo unga prinsiplari, Rossiyaga nisbatan adolatli va ijobiy munosabati uchun tashakkur bildirmoqchiman.

Bu yerga yig‘ilgan FIFA a’zolari jahon futbolining eng muhim shaxslari.

Sport siyosatga aloqador emas. Jahon chempionati Rossiyaga keladigan barcha uchun qulay va ijobiy taassurot qoldiradi. Odamlar bizning ajoyib madaniyatimizni tushuna olishlarini va yana qaytishni istashlarini xohlaymiz", — dedi Putin.

Eslatib o‘tamiz, ertaga Rossiya — Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanadi.