12 iyun kuni Namangan viloyatining Pop tumanida yuk avtomobili jarlikka qulab tushishi oqibatida haydovchi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qildi.

DAF rusumli yuk mashinasi Farg‘ona vodiysidan Toshkentga kelayotgan bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va yo‘l chetidagi temir to‘siqni buzib o‘tib, jarlikka qulagan.

Mashina to‘liq yonib ketgan, haydovchi kuyish natijasida hodisa joyida vafot etgan.