12 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oltiariq tumanida Farg‘ona viloyati faollari, mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Majlisda tanqidiy fikrlar bildirildi: Farg‘ona viloyati ishlab chiqarish tovarlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xizmat ko‘rsatish, aholi boshiga tovarlar ulushi va boshqa yo‘nalishlarda mamlakatning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan bir necha marta orqada qolmoqda.

Odamlarni ish bilan ta’minlash, investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali orqali aholining hayot darajasini ko‘tarish vazifalari belgilab olindi. Jumladan viloyatda qo‘shimcha 101 ming ish o‘rni yaratish mumkinligi ta’kidlandi.

Farg‘ona viloyatida «Har bir oila — tadbirkor» dasturini amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga oilaviy imkoniyatlarni o‘rganish va zarur moliyaviy resurslarni hisoblash uchun kamida 100 million dollar mablag‘ ajratish vazifasi topshirildi.

Shu kunning o‘zida davlat rahbari Quva tumaniga qilgan tashrifida Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha dastur bilan tanishdi.

Parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik, tuyachilik, kartoshka va limon yetishtirish, agrologistika markazi, yerni o‘lchash hamda ichimlik suvidan oqilona foydalanish bo‘yicha rivojlanish dasturlari namoyish etildi.

«Bizning maqsadimiz — odamlar yaxshi yashashlari uchun, mahsulot tayyorlash hajmini kengaytirish orqali ularni arzonroq qilishdir», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib olish, uni saqlash ishlarini tashkil etish, qadoqlash va iste’molchilarga yetkazib berish hajmini kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Farg‘ona viloyatida xorijiy investitsiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etish maqsadida investitsion markaz tashkil etilmoqda. Xorijdagi markazning doimiy vakolatxonalari orqali birodar shaharlardagi o‘zbek tadbirkorlari va ishbilarmonlarining 161 million dollardan ziyod sarmoya jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Ushbu mablag‘lar yangi korxonalar ochish, mavjudlarini modernizatsiya qilish va 2700 dan ortiq ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltiriladi. Investitsiya markazi viloyatning erkin iqtisodiy zonalari va innovatsion markazlari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.

Prezident tashrifi davomida mazkur tizimni ishga tushirish, bu kabi markazlarni tashkil etish va mamlakatning boshqa regionlarida iqtisodiy jihatdan mustahkam tadbirkorlik sub’ektlari sonini oshirish borasida topshiriq berdi.