2018−2019 o‘quv yilida Samarqandda «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti ochilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

OTMni ochish tashabbusini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Sindaodagi SHHT sammitida ilgari surgan edi.

«Bu yerda turizm sohasidagi eng yaxshi mutaxassislar dars o‘tib, bizning barcha davlatlarimizdan talabalar tahsil olishi mumkin», — degan edi davlat rahbari.

Dastavval OTMda 100 kishi, asosan O‘zbekiston fuqarolari ta’lim oladi. Kelgusi o‘quv yilidan SHHTga a’zo davlatlardan abituriyentlar qabul qilinadi, deya qayd etdi Davlat turizm qo‘mitasi.