7−10 iyun kunlari Berlinda nogiron sportchilar o‘rtasida suzish bo‘yicha xalqaro ochiq musobaqa bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston termasi atletlari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, ikkita jahon va yettita Osiyo rekordini yangiladi. Bu haqda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Islom Aslanov ikkita oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. Dmitriy Xorlin va Firdavsbek Musabekov musobaqaning kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi, Muzaffar Tursunxo‘jayev esa ikkita «bronza» sohibiga aylandi.

Islom Aslonov va Muzaffar Tursunxo‘jayev shohsupaning birinchi va uchinchi pog‘onalarida. Manba: O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati terma jamoa sportchilarining musobaqadagi natijalarini sanab o‘tdi:

Islom Aslanov:

  • 50 m krol — oltin, Osiyo rekordi
  • 100 m krol — oltin, Osiyo rekordi
  • 50 m batterflyay — bronza, Osiyo rekordi
  • 100 m batterflyay — bronza, Osiyo rekordi

Dmitriy Xorlin:

  • 800 m erkin usulda — kumush, Jahon rekordi
  • 200 m kompleks — bronza, Osiyo rekordi

Muzaffar Tursunxo‘jayev:

  • 200 m batterflyay — bronza, Osiyo rekordi
  • 50 m krol — bronza

Firdavsbek Musabekov:

  • 50 m brass — kumush, Jahon rekordi
  • 200 m brass — bronza, Osiyo rekordi

Musobaqada 67 mamlakatdan 592 nafar sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston paralimpiya termasi esa musobaqada 5 kishilik tarkib bilan qatnashdi.