Singapurning Sentos orolidagi «Kapella» mehmonxonasida AQSH va KXDR rahbarlari Donald Tranmp hamda Kim Chen In uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi RIA Novosti. Ikki davlat rahbarlari Koreya yarim orolini yadrosizlantirish va unda tinchlikni kafolatlash, Amerika-Shimoliy Koreya munosabatlarini iliqlatish masalalarini muhokama qilish uchun tarixda birinchi marta sammitda jam bo‘ldi.

Uchrashuv qo‘l siqib ko‘rishish bilan boshlandi. Yuzma-yuz suhbat 45 daqiqa davom etdi, tomonlar kengaytirilgan shakldagi sammitda muzokaralarni davom ettirdi. Shundan so‘ng delegatsiyalar tushlikka yo‘l olib, muloqotni davom ettirdi. Tushlikdan keyin esa mehmonxona atrofida sayrga chiqildi.

Donald Tramp muzokaralarning dastlabki yakunlariga izoh berar ekan, uni «juda va juda yaxshi» deb atadi va katta muammolar va katta mushkul masalalarni hal etishga umid bildirdi. KXDR rahbari bilan munosabatini «ajoyib» baholadi.

O‘z navbatida, Kim Chen In Tramp bilan yaqin aloqalarni o‘rnatishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi. U Pxenyan va Vashington o‘rtadagi muammolarni yengib o‘tishiga umid bildirdi.

Jurnalistlarning uch marta qayta berilgan yadro dasturidan voz kechish haqidagi savollariga Shimoliy Koreya rahbari javob bermadi, deya qayd etadi RIA Novosti.

AQSH va KXDR rahbarlari imzolagan hujjatda ikki davlat o‘rtasida yangi munosabatlar o‘rnatilgani haqida so‘z boradi.

KXDR va AQSH 1950−1953 yillarda Koreya 1950−1953 yillardagi harbiy mojarodan keyin rasman urush holatida edi. Ayni paytda Janubiy Koreyada 28 ming nafardan ortiq amerikalik harbiy xizmatchilar mavjud.