O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari bir oy ichida 59 mln dollarga kamayib, 1 iyunda 27,025 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Yalpi oltin-valyuta zaxiralari 28,123 mlrd dollar bo‘lib, undagi xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi 14,004 mlrd (bir oy ichida 411 mln dollarga kamayish), monetar oltin — 14,118 mlrd dollarni (bir oy ichida 183 mln dollarga ko‘payish) tashkil etdi.