30 may kuni o‘bek-qirg‘iz chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro avtoyo‘l o‘tkazish punktida boshqa pasport bilan O‘zbekiston hududiga noqonuniy kirib olishga uringan qoidabuzar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari vakili «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Shaxsni aniqlash jarayonida u Qirg‘iziston fuqarosi Doniyor Abdusattorov bo‘lib chiqdi. Surishtiruv vaqtida u o‘z pasportini yo‘qotib qo‘ygani, shundan so‘ng amakivachchasi Kutmanbek Nurdinov hujjati bilan chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgani aniqlandi.

Dastlabki tegrov olib borilmoqda, uning yakunlari bo‘yicha qoidabuzarga nisbatan qonunchilik doirasida choralar ko‘riladi.