Qamchiq dovonida sel ikki avtomobilni oqizib ketdi, ikki kishi jarohatlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Gazeta.uz"ga.

"Qamchiq" qidiruv-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari ikki jabrlanganga birinchi yordam ko‘rsatgandan so‘ng, ular Angren shahar markaziy shifoxonasiga yotqizildi. Mashina ichida qolgan yana to‘rt kishi esa «Buloq» tibbiyot muassasasiga yuborildi, deyiladi FVV xabarida.

Eni 80 m, uzunligi 300 m, balandligi 0,5 m va hajmi 12 ming kub metr bo‘lgan oqim tufayli to‘rtta Isuzu avtobusi, ikkita MAN yuk mashinasi va to‘rtta yengil mashina evakuatsiya qilindi.

Hodisa juma kuni 21:05 da «Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh» avtomagistralining 225,5-kilometrida sodir bo‘ldi. dovonda avtomobillar harakati 22:20 da yopilib, shanba kuni 8:00 da ochildi.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 350 nafar qutqaruvchi va 74 dona texnika jalb qilindi.