To‘lqinjon Tulyanovich Dadaboyev Guliston shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

9 iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Guliston shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida mazkur tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

To‘lqinjon Dadaboyev 1965 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. Bugungi kunga qadar «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyatining kapital qurilish xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Guliston ma’muriyatiga 2016 yil oktyabrdan Sherzod Ismatullayev rahbarlik qilib kelayotgan edi.