Toshkentda xalqaro aeroport hududi rekonstruksiyasi doirasida 1956 yilda qurilgan eski aerovokzal binosi buzib tashlandi.Binoning dastlabki ko‘rinishi. Foto: «Tashkent retroinspektiva» albomi / Tashkent Retrospective.

Bino «O‘zbekiston» mehmonxonasi binosini loyihalashtirgan arxitektor I. Merport va M. Kondakov loyihasi bo‘yicha qurilgan.

Aerovokzal binosi buzilishdan bir necha kun muqaddam. Foto: Yevgeniy Vigornitskiy.

Yaqin vaqtlargacha arxitektura yodgorligini deb hisoblangan binoda tranzit zal va ekipajlarning parvozgacha tayyorgarlik kabinetlari joylashtirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, yaqin vaqtlarda mahalliy qatnovlarning eski terminali o‘rnida qurilgan yangi aerovokzal majmua ochilishi kutilmoqda.