Payshanba kuni kechqurun Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Salar» kafesi yaqinida Hyundai benzovozi yonib ketdi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga hodisa haqidagi xabar 19:10 da kelib tushgan.

O‘t o‘chiruvchilar guruhi hodisa joyiga qisqa muddatlarda yetib borib, bir necha daqiqada olovni o‘chirdi. Alanga tutuni shaharning turli qismlaridan ko‘ringan. Qurbonlar yo‘q.

Benzovoz haydovchisi yong‘inni mustaqil ravishda o‘chirishga uringanda yuz va qo‘lidan bir oz kuyish jarohatini olgan. Unga hodisa joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘inga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Mashina «TransSeulQurilish» unitar korxonasiga tegishli bo‘lgan.

Xuddi shu kuni yana bir avtomobil — jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan «ZIL» rusumli yuk mashinasi yonib ketdi.

IIBB YOXBga xabar 20:14 da kelib tushgan. Mashina yong‘ini Uchtepa tumanidagi Dadil ko‘chasida ro‘y bergan.
O‘t o‘chiruvchilar qisqa muddatlarda alangaga barham berdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.