19−23 iyun kunlari maktablarning 10−11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi birinchi xalqaro olimpiada o‘tkaziladi, deya xabar qildi O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Ishtirokchi davlatlardan olti nafardan (fizikadan uch, astronomiyadan uch nafardan) ishtirokchining qatnashishi rejalashtirilgan. Olimpiada ikki bosqichda o‘tkaziladi — nazariy va eksperimental.

Hakamlar hay’ati MDH davlatlari o‘qituvchi-professor jamoalari va o‘zbekistonlik olimlardan tarkib topadi.

O‘zbekistonlik olimpiada g‘oliblari mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli asosda o‘qishga qabul qilinadi.

Mazkur xalqaro olimpiadani har ikki yilda o‘tkazish rejalashtirilgan.