Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida «Qoradori-2018» tadbiri doirasida Afg‘oniston fuqarosi 44 kg 668 g opiyni sotishga uringan vaqtda qo‘lga olindi.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, giyohvandlik moddasi ikkita polietilen xaltada bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, martda Termiz tumanida Afg‘oniston fuqarosi 20 kg 342 g afyunni sotayotganda ushlangan edi. Yaqin kunlarda esa Toshkent va Samarqand viloyatlarida 15 kg geroin va 52 kg ko‘knor olib qo‘yilgani xabar qilindi.