O‘zbekiston prezidentining 5 iyundagi qaroriga asosan Fayziboyev Olimjon Elchiyevich Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi qo‘mita Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi.

Olimjon Fayziboyev davlat soliq xizmati tizimida faoliyatini 1995 yilda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i vazifasidan boshlagan. Keyinchalik turli rahbar lavozimlarida, xususan 2000−2013 yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Shayxontohur va Bektemir tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshlig‘i lavozimida ishlagan.

U 2017 yil may oyidan buyon Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.