Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi Milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Romanovich Li O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi bo‘ldi, deya xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov konferensiyasi u sport tashkilotini 2017 yildan buyon boshqarib kelayotgan xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov o‘rniga boshqaradigan bo‘ldi.

Yig‘ilishda Butunjahon shaxmat federatsiyasi va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi nizomiga binoan, shu yil Batumida bo‘lib o‘tadigan FIDE prezidentlik saylovi uchun O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi nomidan 1995 yildan beri ushbu tashkilotga rahbarlik qilib kelayotgan, yetti marotaba FIDE prezidentligi lavozimiga qayta saylangan Kirsan Ilyumjinov nomzodini ilgari surish masalasi ko‘rildi. Konferensiya qatnashchilari bir ovozdan Kirsan Nikolayevich Ilyumjinov nomzodini FIDE prezidentligi uchun nomzod sifatida qayd etishdi.

Butunjahon shaxmat federatsiyasi rahbari nutqi davomida shaxmat vatani Pokiston, Hindiston yoki Eron emas, balki O‘zbekiston ekanligiga alohida urg‘u berdi. Bu fakt ilmiy tadqiqotlar, tarixchi olimlar tomonidan o‘rganib chiqilgan izlanishlar natijasi ekanligi, FIDE bu borada Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga rasmiy xat tayyorlayotgani va yaqin orada O‘zbekiston shaxmat vatani deb rasman tan olinishi ma’lum qildi.