Yakshanba kuni ertalab Toshkent markazida birinchi marta Jahon velosiped kuniga bag‘ishlab velotur o‘tkazildi.

Foto: «Gazeta.uz»

3 iyunni Jahon velosiped kuni sifatida belgilash haqidagi rezolyutsiya Turkmaniston tashabbusi bilan aprelda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan edi.
Rezolyutsiyada Bosh Assambleya barcha davlatlarni velosipedni ommalashtirishga chaqirib, boshqaruvga oson, arzon, ishonchli va ekologik toza mazkur harakat vositasi insonning ruhiy jismoniy salomatligini mustahkamlashini ta’kidlab o‘tgan edi.
BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori va BMT TDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzer (o‘ngda), Buyuk Britaniya elchisi Kristofer Allan (markazda) va diplomat, O‘zbekistonning Londondagi sobiq elchisi Alisher Fayzullayev. Foto: «Gazeta.uz».
Velotur mamlakat Velosport federatsiyasi va Turkmaniston elchixonasi tomonidan tashkillashtirildi. Ishtirokchilar turkman shoiri Maxtumquli nomidagi ko‘cha bo‘ylab o‘tdi, rasmiy qism esa «Ashxobod» bog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Foto: «Gazeta.uz»

4,5 km masofani o‘z ichiga olgan sport tadbirida diplomatik idoralar rahbarlari va xodimlari, xalqaro tashkilotlar, vazirlik va mahkamalar vakillari, professional sportchilar va havaskor velosipedchilar ishtirok etdi.

Foto: «Gazeta.uz»

Tashkilotchilar bahosiga ko‘ra, veloturda 200−300 kishi qatnashdi.