Adliya vaziri Ruslanbek Davletov yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston Basketbol federatsiyasi prezidentligiga saylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu lavozimga u salomatligidagi muammo sabab o‘z vazifasini tark etgan Zohid Do‘sanov o‘rniga saylandi. Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq rahbari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamentining sobiq boshlig‘i federatsiyani 2013 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.

«Bildirilgan ishonch uchun rahmat. Men uni oqlayman. Bizning birinchi vazifamiz — tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish. Biz uni qayta ko‘rib chiqamiz», — dedi Ruslanbek Davletov.