1 iyun kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumanida uchta avtomobil ishtirokidagi YTHda to‘rt kishi vafot etdi, besh kishi turli darajada tan jarohati oldi, deya xabar berdi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Shu tumanda istiqomat qiluvchi 16 yoshli Sh. U. tegishli hujjatlarsiz Lacetti avtomobilini haydab ketayotganda boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketadi. U yerda S.M. boshqaruvidagi Nexia mashinasi, u esa yo‘l chetida turgan boshqa Nexia mashinasi bilan to‘qnashadi.

Avariya natijasida Lacetti haydovchisi, birinchi Nexia haydovchisi va uning ikki yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etadi. Besh kishi -Lacetti'ning bir yo‘lovchisi, birinchi Nexia’ning uch yo‘lovchisi va ikkinchi Nexia’da bo‘lgan bir odam shifoxonaga yotqizildi.