Gazeta.uz va pazandachilik sahifasi bo’lmish Zira.uz bilan birgalikda salqin ichimliklar jamlanmasini tavsiya qiladi.

Kivili limonad


Bugun kivi solib tayyorlaniladigan yaxna ichimliklardan biri sanalmish — limonad tayyorlashga qaror qildik.

Limonad tayyorlashning yuzdan ortiq retseptlari mavjud bo’lib, biz bugun uni kivi va limondan tayyorlashga qaror qildik.

Detoks ichimligi: Qulupnay va yalpiz


Suv organizm uchun juda foydali bo’lib, sabzavotlar, mevalar va har xil ko’katlar bilan esa ikki karra foydaliroqdir. Agar oddiy suvga birozgina maza kiritsak, suvning kunlik me’yrini ichish osonroq bo’lar edi. Bunday ichimlik issiq kunlarda teri va sochlarni namlantirib, organizmdagi ortiqcha zararli moddalarni chiqarib tashlaydi.

Limonad


Limonad yoz faslida eng sevib ichiladigan ichimliklardan biridir. Yorqin rangli, nordongi ta’mli bu ichmlik bilan jazirama yoz sizga qo’rquv solmaydi. Bu ichimlikni uyda tayyorlash sirini sizlarga ham oshkor qilamiz. Limonad chanqoqni yaxshi bosib, vitaminlar bilan organizmni boyitadi.

Sassi — ozdiruvchi ichimligi


Sassi suvi bu mazali ichimlik bo’lib, u yana ozdirishga ham yordam beradi.
Hamma parhezda ham ko’proq suv ichish tavsiya qilinadi. Parhez tutadigan kunlaringizni Sassi suvi bilan yanada mazaliroq qiling. Ayniqsa, kunlar isigan paytlarda bunday ichimlik ichish juda xush yoqadi.

“Piccola” kokteli


Quadro restorani o’zining tetiklashtiruvchi va yorqin ko’rinishdagi koktel retseptini sizlar bilan bo’lishishga qaror qildi. Yozning jazirama kunlarida faqatgina muzdek ichimliklar hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Shuningdek yangicha ichimliklardan tayyorlab, nimalarga qodirligingiz bilan oila a’zolaringizni ham lol qoldiring.

Ice tea ichimligi


Mazali va chanqoqbosdi ichimliklarni uyda tayyorlash mumkin bo’lib, ular ham yoqimli ham foydalidir. Bugun shulardan biri Ice tea ichimligini uy sharoitida to’g’ri tayyorlashni bilib olasiz.

Ayron


Ayron bu ko’p asrlardan beri tayyorlab kelinadigan ichimlik bo’lib, u suzma yoki qatiqdan tayyorlaniladi. Ayron chanqoqni yaxshi bostiradi, shu bilan birga organizmni vitamin va minerallar bilan to’yintiradi.

Bundanda ko’proq mazali retseptlar Zira.uz sahifasida.

Facebook: fb.com/zirauz

Instagram: @zirauz

O’zbek tilidagi telegramm kanal: t.me/zirauzuz

Rus tilidagi telegramm kanal: t.me/zirauz

Tegrammdagi guruh: t.me/zirauz_chat

Tahririyat raqami: (+99899) 837−15−15