O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 29 maydagi qarori bilan mamlakatdagi bir qator ob’ektlar va hududlar turistlar tashrif buyurishi taqiqlangan joylar ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Quyidagi hududlarga endilikda tashrif buyurish mumkin:

  • Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi «Suffa» platosida joylashgan xalqaro radioastronomik majmua (RT-70) va unga tutash hududlar;
  • Jizzax viloyati chegarasida — Guralashsoy, Zomin sanatoriyasidan Suffa platosi orqali yo‘l va Muzbuloq qishlog‘igacha bo‘lgan Qizilmozor tabiiy hududi;
  • Qashqadaryo viloyati chegarasida — Qalasoy darasidagi Temurlang g‘ori, Toshqo‘rg‘on qishlog‘i, Qalasoy darasidagi dinozavrlar izlari, Qalasoy darasidagi sharshara, Suvtushar sharsharasi, Jovuz, G‘ilon, Kul qishloqlari, Xo‘ja Karshavar platosi, Janka ko‘li, Severseva muzligi, Hazrat Sulton ziyoratgohi.

Turizm qo‘mitasidan qayd eilishicha, ushbu qaror O‘zbekiston jozibadorligini oshirish hamda chet ellik va mahalliy turistlarni jalb qilish maqsadida qabul qilindi.