Polkovnik Tohir To‘lqinovich Aripov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 may kuni shu haqdagi qarorni imzoladi, deya xabar berdi IIV sayti.

Tohir Aripov avval IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.