«Real Madrid» futbol klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda murabbiy payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

45 yoshli mutaxassis Madrid jamoasiga 2015/16 mavsumda rahbarlik qilib, ketma-ket uch marotaba Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.

«Men kelgusi mavsumdan boshlab „Real“ murabbiyi sifatida ishlashni davom ettirmaslikka qaror qildim. Men uchun va barcha uchun, o‘ylaymanki, o‘zgarishlar vaqti keldi. Bu qarorga kelishga kelish oson bo‘lmadi», — dedi u.

«Bu mening qarorim, — deya davom ettirdi u. — Bu g‘alati vaziyat, biroq jamoa g‘alabalarni davom ettirishi uchun o‘zgarishi, boshqacha ishlash uslubiga o‘tishi kerak va shuning uchun men mazkur qarorga keldim», — dedi u.

«Real» Zayniddin Zidan boshchiligida Ispaniya chempionligi, mamlakat Sepurkubogi, ikkita UEFA Superkubogini qo‘lga kiritib, ikki karra klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.

Qirollik klubi Zayniddin Zidan bilan jami to‘qqiz mukofotni qo‘lga kiritdi.