Jenevada (Shveysariya) 107-Xalqaro mehnat konferensiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro mehnat tashkiloti rahbari Gay Rayderga mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripovning Toshkentga tashrif buyurish to‘g‘risidagi taklifnomasini topshirdi.

Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Gay Rayder O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan bolalar va majburiy mehnatga to‘liq barham berish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlarni alohida qayd etdi. U XTM va O‘zbekiston o‘rtasida aholini munosib, to‘liq va samarali mehnat qilish tamoyillarini targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Xalqaro mehnat konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida bosh vazir o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norbayeva, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisining o‘rinbosari Baxtiyor Maxmadaliyev ishtirok yetdi.