«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 3 iyundan 8 sentyabrgacha Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ekonom klass tariflarini pasaytirmoqda.

Kompaniyadan «Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, bir tomonga parvoz 430 yevro (4037924 so‘m, 563 yevro edi), borib-kelish — 829 yevroni (7788863 so‘m, 951yevro edi) tashkil etadi.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 3 iyundan MAK Samarqand-Nyu-York yo‘nalishida maxsus tarifni joriy etmoqda. Bunda aviachiptalar Samarqanddan Toshkent orqali Nyu-Yorkka uchishda Samarqand-Toshkent uchastkasidagi parvoz uchun qo‘shimcha to‘lovlar talab qilinmaydigan tarzda rasmiylashtiriladi.

Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlar Boeing-787 Dreamliner samolyotlarida amalga oshiriladi.