O‘zbekiston Velosport federatsiyasi 3 iyun kuni Turkmaniston elchixonasi bilan Jahon velosiped kuniga bag‘ishlangan velotur o‘tkazadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Veloturda diplomatik korpus vakillari ishtirok etadi. Toshkent aholisi va mehmonlari ham ishtirokchiga aylanishi mumkin.

Musobaqa «O‘zbekiston «mehmonxonasidan Maxtumquli ko‘chasi orqali «Toshqishloqxo‘jalikmash» chorrahasigacha davom etadi. Start — 9:00 da (ro‘yxatga olish — 7:00 dan 8:00 gacha). Qo‘shimcha axborotlarni 237−47−44 raqami orqali olish mumkin.