O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina 24−27 may kuni Xorvatiyaning Osiyek shahrida o‘tkazilgan Chaqiriq kubogi (FIG World Challenge Cup) bosqichida ayollar o‘rtasida tayanib sakrashda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda tadbir saytida xabar qilindi.Sportchi 14,233 ball bilan eng yaxshi natijani qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni sloveniyalik Tyasa Kisselef (13,800), bronza medaliga esa rossiyalik Viktoriya Trikina (13, 733) egalladi.

Fevralda Oksana Chusovitina AQSHda Houston National Invitational musobaqasida uchta oltin va kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.