Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Navoiy va Buxoroda kuchli qum bo‘roni kuzatilmoqda.Ushbu hududlarda istiqomat qiluvchilarning «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, ko‘chalar, binolar, mashinalar va o‘simliklar tuzni eslatuvchi oq qatlam bilan qoplangan.

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, changni mamlakat shimoli-g‘arbidan esayotgan shamol keltirgan. Shamol tezligi soniyasiga 20 metrga yetgan.«O‘zbekiston havo yo‘llari"aviakompaniyasi noqulay ob-havo tufayli Toshkentdan Urganchga parvoz qilgan NU-51 va HY-55 reysi samolyotlari Nukus va Buxorodagi zaxiradagi aerodromlarga qo‘nishga majbur bo‘lgan. Ayni paytda har ikki bort ham yo‘nalish bo‘yicha parvozni qayta tiklagan.