Toshkent IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning tuman bo‘limlari 26 maydan e’tiboran soat 08:00dan xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Boshqarma 1 iyuldan biometrik bo‘lmagan fuqarolik pasportlari haqiqiy emas deb topilib, buning uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini eslatib o‘tdi va o‘z vaqtida pasportlarni almashtirishni so‘radi.