Aziz Aliyev O‘zbekistonning Bangkok shahridagi (Tailand) bosh konsuli etib tayinlandi, deya xabar qildi TIV matubot xizmati.

Aziz Aliyev bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning BMT Osiyo va Tinch okeani mintaqasi iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasidagi (ESKATO) vakilidir.

U bunga qadar TIVning BMT va xalqaro tashkilotlar ishlari boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.