15 maydan Toshkent va Xo‘jand o‘rtasida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. «Gazeta.uz» muxbiri taqdimot reysi yo‘lovchisi bo‘ldi.

Avtobuslar «Toshkent» (O‘zbekiston) va «Xo‘jand» avtovokzallari o‘rtasida Nurafshon, Bo‘ka, «Oybek» (O‘zbekiston) va «Fotehobod» (Tojikiston) nazorat-o‘tkazish punktlari orqali harakatlanadi. Ushbu punktlarda texnik to‘xtash yoki yo‘lovchilarni tushirish amalga oshiriladi, dedi «O‘zavtotrans» agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Shoolim Shovahobov.

Tashuvlar Manzara Tourism turoperatorining MAN avtobuslarida amalga oshiriladi. Oraliq masofa 174 km ni tashkil etadi. Safar uchun 4,5 soat, jumladan chegaralardan o‘tish vaqtlari (30 daqiqa) sarflanadi. Chiptalarni «Toshkent» va «Xo‘jand» avtovokzallari kassalaridan sotib olish mumkin.

Toshkent-Xo‘jand reysi chiptasi narxi 50 ming so‘m, Xo‘jand-Toshkent chiptasi esa — 50 tojik somoni etib belgilandi. To‘lov yo‘lga chiqish mamlakatlari milliy valyutasida amalga oshiriladi.

Avtobuslar va ularning yo‘lovchilari NO‘Pdagi bojxona ko‘rigi va chegara pasport nazoratidan navbatsiz o‘tkaziladi.

Avtobuslar qatnovi jadvali:

  • Toshkent (8:00) — Xo‘jand (12:35);
  • Toshkent (12:00) — Xo‘jand (16:35);
  • Toshkent (18:00) — Xo‘jand (22:35).
  • Xo‘jand (6:00) — Toshkent (10:35);
  • Xo‘jand (13:00) — Toshkent (17:35);
  • Xo‘jand (18:00) — Toshkent (22:35).

Video

Foto

Avtovozkal «Toshkent».

1950-yillarda qurilgan Arbob san’at saroyi.

Saroy arxitekturasida sovet davri belgilari — o‘roq va bolta uchrab turadi.