O‘zbekiston prezidentining 22 maydagi farmonlari bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining ikki o‘rinbosari tayinlandi, deya xabar qildi qo‘mita matbuot xizmati.

Abdulaziz O‘rolboyevich Oqqulov 2017 yil yanvardan Davlat turizm qo‘mitasi Turizm sanoatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2007 yilda xuddi shu universitet magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi — xalqaro turizmni boshqarish. Qo‘mitada 2006 yildan buyon ishlab kelmoqda.

Faxriddin Umarovich Davrukov 2015 yildan «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Toshkent moliya instituti (1997) va prezident huzuridagi Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasi (2003) bitiruvchisi.
1995 yildan 12 yil davomida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida, 2008 yildan Vazirlar Mahkamasida faoliyat ko‘rsatgan.