Toshkent viloyati Bekobod tumanida 23 mayga o‘tar kechasi kollekning uchinchi bosqich o‘quvchisi 18 yoshli Sh. Egamberdiyev kelishmovchilik sababli boshqa kollejning 19 yoshli o‘quvchisi A.Abdunabiyevning ko‘krak sohasiga pichoq bilan beshta tan jarohatini yetkazdi.

Olingan jarohatlar natijasida o‘smir hodisa joyida vafot etdi, deya xabar қилдиToshkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Egamberdiyevning uyiga kelgan Abdunabiyev uni haqoratlaydi. Egamberdiyev esa oshxona pichog‘i bilan qurollanib, sobiq sinfdoshiga hujum qiladi.

Toshkent viloyati IIB Tergov departamenti Egamberdiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan qotillik sodir etish) bo‘yicha jinoyat ishi ochib, o‘smir qo‘lga olingan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari viloyat prokurorining o‘rinbosari, Bekobod tuman va shahar sektorlari rahbarlari tomonidan shu kuni gumon qilinuvchi va jabrlanuvchi tahsil olayotgan kollejlar o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida tanqidiy muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.