Toshkent IIBB YHXB piyodalar o‘tish yo‘lida keksa kishini o‘tkazib yubormagan barcha 15 yo‘lovchi javobgarlikka tortilgani haqida xabar qildi. Eslatib o‘tamiz, ommaviy YHQ buzilishi poytaxtlik haydovchi tomonidan videoregistratorga yozib olingan edi.

IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, 11 haydovchi qoidabuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani YPX inspektorlari qo‘lidan olishdi, to‘rt nafariga bayonnoma uch haydovchi shahar tashqarisiga chiqib ketgani va biri Toshkent viloyatida doimiy yashashi munosabati bilan yashash manzillariga yuborildi.